Respublika ilmiy qishloq xo`jaligi kutubxonasiga amaliyot otash uchun Toshkent Davlat madaniyat va sa`nat intitutining I-III bosqich talabalari kutubxonamizda amaliyot o`tadi.

2. Kutubxonada reja asosida kitob ko`rgazmalari tashkil etitilib, adabiyotlarni targ`ib etishga aloxida etibor qaratilgan. Ushbu lavhada Jovliyeva Dilfuza adabiyotlar sharxini o`tkazmoqda. 

Abdumalikova Ma`no – Kutubxonani va adaboyotlarni targ`ib etish borasida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. O`quv yili boshida TOSHDAU birinchi kurs bosqich talabalari uchun << kutubxona bo`ylab sayohat>> ekskursiyalar uyishtiriladi.

Kutubxona fondida samarali foydalanish uchun kitoblar alohida stelajlarda kutubxona bibliogfiya jadvali (KBK) asosida fan sohalari bo`limlarga ajratilgan holda joylashtirilgan. Bu mutahassis va kitobxonlar uchun adabiyotlarni to`plashda yordam beradi.

Kutubxonada 1929 yildan buyon kutubxona fondiga kelib tushgan kitoblar va boshqa manbalarning Alifboli va tizimli katalogi va kartatekalar muntazam ravishda to`ldirib kelinmoqda.Bu hozirgi tashkil etilyotgan electron katalog manbasi xisoblanadi.

Respublika ilmiy qishloq xo`jaligi kutubxonasi Respublikadagi ilmiy tadqiqot inistutlarining kutubxonalari uchun ilmiy uslubiy markaz vazifasini bajarib kelmoqda. Kutubxonachilarning malakasini oshirish maqsadida seminar – treninglar reja asosida o`tkazib kelinmoqda.