- 10.09.2026
- Posted by: admin
- Рубрика: Местные
Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi direktori Abdulxayeva Muqaddas Maxsudovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof Muqaddas Maxsudovnaning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, xususan, kutubxona-axborot sohasini rivojlantirish, kitobxonlarga zamonaviy va sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, ilmiy va ma’rifiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash borasidagi samarali mehnati va fidokorona faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
Ushbu mukofot Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi jamoasi uchun ham katta faxr va quvonch bag‘ishladi.
Muqaddas Maxsudovnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!


