- 21.10.2022
- Posted by: admin
- Category:
No Comments
Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nondek aziz, mo‘’tabar va muqaddas hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Amir Temur bobomiz aytganlaridek, kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql idrokning ilmu-donishning asosidir.
