21 – may — Kutubxonachilar kuni

2025-yil 21-may “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universitetida Yangi O‘zbekistonda “Kitobga mehr-kutubxonachiga hurmat” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Sana munosabati bilan sohaga fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan kutubxonachilarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasida ko‘p yillar davomida sohada fidoyilik bilan xizmat qilgan, xozirda nafaqada bo‘lgan xodimlar, ilmiy-amaliy anjumanga taklif etildi, rahbariyatining tashakkurnoma va guldastalar bilan taqdirlandi.

Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi direktori Abdulxayeva Mukaddas Maxsudovna kutubxona tarixi, faoliyati, mavjud fondi, so`ngi yillarda amalga oshirilgan ishlar bo`yicha so’zi bilan qatnashdi.

Anjumanning asosiy e’tibori – zamonaviy axborot – kutubxona faoliyatini rivojlantirish, ixtisoslashgan adabiyotlar fondini kengaytirish va raqamli xizmatlarni joriy etish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan.