Kutubxona fondi

Kutubxona fondlari noyobdir. Ilmiy kutubxona ilmiy faoliyat uchun alohida ahamiyatga egadir. Kutubxona fondida XVIII-XIX asrlarda va undan keyin chop etilgan Turkiston va Zaksaspiya regionlari va O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligining rivojlanish tarixiga oid 20000 noyob adabiyotlar, Respublikamizda nashr qilingan vaqtli matbuot nashrlari, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ma’lumotnomalar, referativ jurnallar, avtoreferatlar va kutubxona xodimlari tomonidan nashr qilingan bibliografik ko‘rsatkichlar saqlanib kelinmoqda.
Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasining umumiy fondi jami 549901 ta bosma nashrlarni tashkil etadi. Umumiy kitob fondida 342947 ta nashr kitob va 206954 ta nashr jurnallar mavjud bo‘lib, quyidagi sohalarga bo‘linadi:
– Qishloq xo‘jaligiga oid nashrlar – 434505 ta nusxa;
– Siyosiy nashrlar – 39490 ta nusxa;
– Boshqa sohalar – 75906 ta nusxa.
Umumiy fond 3 ta fondni birlashtiradi:
1. Asosiy fond – 500666 nusxa nashr;
2. Depozitar fond – 45245 nusxa nashr;
3. Zahira fond – 3990 nusxa nashr.
1. Asosiy kitob fondiga kitob, avtoreferatlar, jurnallar, broshyuralar, davomli nashrlar kiradi.
2. Depozitar kitob fondiga 1966 yilgacha nashrdan chiqqan tizimli tatribdagi , asosan qishloq xo‘jaligi sohasi yo‘nalishlariga, tarixiga oid bo‘lgan nashrlar kiradi.
3.Zahira kitob fondiga ilmiy-tadqiqot institutlaridan olingan davomli nashrlar, monografiyalar , boshqa kutubxonalar bilan kitob almashtirish maqsadida olingan va ortiqcha nusxalari zaxira kitob fondiga o‘tkazilgan nashrlar kiradi.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@agrolibrary.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 71 260 49 64 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.