Kutubxona faoliyati

Respublika ilmiy qishloq xo’jaligi kutubxonasi quyidagi faoliyatni amalga oshiradi

Axborot-kutubxona  ishi faoliyatiga taaluqli Qonun va qarorlarnining ijrosini ta’minlash, agrar soxaga tegishli bo’lgan ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari bilan hamkorlikdqa tizimdagi ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy tajriba markazlari, tashkilot va muassasalarning xodimlariga axborot- kutubxona xizmati ko’rsatish maqsadida kutubxona fondini o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy ommabop, sohaga oid kitoblar bilan boyitish, kutubxonaning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash;

  • Kutubxona fondidan mazmunan sayoz, milliy-ma’naviyat va qadriyatlarimizga, ahloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni fond ro‘yxatidan chiqarish va tarqatishni ta’qiqlash;
  • Ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini qishloq xo‘jaligi sohasida erishilayotgan fan yutuqlari bilan tanishtirib borish;
  • Tanlangan nashriyotlar va tizimdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari kutubxonalari tomonidan nashr qilingan monografiyalar, risola, avtoreferat, to‘plamlar  bilan fondni boyitish;
  • Kitoblarning elektron versiyalarini jamlash va foydalanish uchun taqdim etish;
  • Elektron katalogda axborot-rsurslarini turkum va sohalarga ajratishda xodimlarning avtomatlashtirilgan kutubxona  tizimi bilan samarali  ishlashiga sharot yaratish;
  • Foydalanuvchilarga elektron katalogdan Onlayn- foydalanishlari uchun mavzuga oid, manzilli va boshqa bibliografik ma’lumotlarni berish;
  • Hamdo’stlik mamlakatlarining va “E-Line-press” – “Agricola” halqaro elektron jurnaliga obuna bo‘lish;
  • Foydalanuvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan maqolalarning yetakchi elektron nashrlardan ma’lumot va mavzu bo‘yicha izlanishlarida amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Kutubxona xodimlari va foydalanuvchilarga elektron jurnaldan foydalanish qoidalarini o‘rgatish;
  • Internet jahon axborot tarmog‘i elektron AGRO veb saytlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash, kutubxona xodimlarini zamonaviy axborot texnologiya resurslaridan va veb-saytlardan foydalanishni o‘rgatish, elektron kutubxona tarmog‘ini yaratishda xalqaro kutubxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yetakchi mutaxassislari yordamida agrar sohaga taaluqli mavzularni ilmiy axborot manbalaridan izlab topishda doktorantlar hamda ilmiy izlanuvchi tadqiqotchi xodimlar uchun  mashg‘ulotlar, seminar-trening, o‘quv kurslar tashkil etish;
  • O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi , A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Respublika axborot-kutubxona markazi hamkorligida kutubxona xodimlarini malaka va bilimlarini mustahkamlash shartnomasini tuzish, “Zamonaviy axborot kutubxona tizimlari” bo‘yicha tashkil qilingan maxsus o‘quv kurslarida kutubxona xodimlari malakasini oshirishni ta’minlash;
  • Ilmiy-tadqiqot institut kutubxonachilariga axborot-bibliografik ishlari samaradorligini yo‘lga qo‘yishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fudamental kutubxonasi A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasi va Respublika axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadigan seminar va koferensiyslarda xodimlarning faol qatnashishini ta’minlash;
  • Axborot- kutubxonalar uchun qabul qilingan farmon va qarorlarni muhokama qilishda ishtirok etish va amalda qo‘llash, tajribalarini orttirish.
Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@agrolibrary.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 71 260 49 64 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.