O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Markaziy apparati tomonidan Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasiga qishloq xo‘jaligi sohasi hamda ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarga oid kitoblar beg‘araz ravishda topshirildi.

Mazkur adabiyotlar kutubxonaning kitob fondini boyitish, foydalanuvchilarning axborot va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, talabalar va kitobxonlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kutubxonaga qabul qilingan kitoblar belgilangan tartibda hisobga olinib, fondga joylashtirildi hamda kitobxonlar foydalanishi uchun taqdim etildi. Mazkur adabiyotlardan foydalanuvchilar kutubxonaning o‘quv zallarida foydalanishlari, shuningdek, kutubxonaning mavjud xizmatlari va belgilangan tartiblar asosida adabiyotlarni olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Markaziy apparati tomonidan kutubxonaga beg‘araz taqdim etilgan ushbu nashrlar kutubxona fondini yanada boyitish bilan birga, kitobxonlarning sohaga oid bilimlarini oshirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.