Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasida navbatdagi ma’naviyat soati

Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

Tadbir davomida ma’naviyat, ma’rifat, kitobxonlik va inson kamolotida ilmning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, mavzu yuzasidan qiziqarli suhbat olib bordilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoa a’zolarining dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy salohiyatini oshirish va kitobga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.