Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri

Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi xodimlari tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yurtimiz mustaqilligi yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, xalqimizning tinch va farovon hayoti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Bayram tadbirida kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, ona Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat, sadoqat va faxr tuyg‘ularini namoyon etdilar. Tadbir davomida Mustaqillik bayramining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Shuningdek, kutubxonada Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda O‘zbekistonning boy tarixi, milliy qadriyatlari, istiqlol yillaridagi taraqqiyot va yutuqlarni aks ettiruvchi adabiyotlar namoyish etildi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va samimiy ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarga bayramona taassurot bag‘ishladi.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!