Kasbiy ma’rifat soati: tarixiy meros, inson qadri va milliy yuksalish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 2026-yil 11-sentabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va tizimdagi tashkilotlar, muassasalar xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini tizimli tashkil qilishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

🎓Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari maxsus tayyorlangan ma’ruza va taqdimotlar bilan ishtirok etdilar. Jumladan, tarix fanlari doktori, dotsent Farhod Ochilov “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros” mavzusida ma’ruza qildi. Unda xalqimizning ko‘p ming yillik tarixi, boy ma’naviy merosi, tarixiy vorislik va milliy o‘zlik masalalarining bugungi taraqqiyotdagi o‘rni haqida fikr yuritildi.

🎥 Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan” videosi namoyish etildi.

🗣Shundan so‘ng pedagogika fanlari nomzodi Zebo Kasimova “Inson qadri – 35 yillik islohotlarning o‘lchovi: erkinlik, bilim, sog‘liq va yoshlar” mavzusida ma’ruza qildi. Unda inson qadri va manfaatlarini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda inson kapitalining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

🎬Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

📖 Seminarda sotsiologiya fanlari doktori (PhD), dotsent Suxrob Xidirov tomonidan “Milliy yuksalish o‘n yilligi: yetti milliy dastur yaxlit tizim sifatida va nutqning bosh g‘oyalari” mavzusida ma’ruza qilindi. Unda Davlat rahbarining bayram tabrigi nutqida ilgari surilgan yetti milliy dasturning o‘zaro bog‘liqligi, milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari hamda nutqda ilgari surilgan asosiy g‘oyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🤝 Ma’ruzalar davomida tarixiy xotira va milliy o‘zlikni mustahkamlash, inson qadrini yuksaltirish, ma’naviy merosni asrash va milliy taraqqiyot g‘oyalarini hayotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.