Yosh ijodkorlar uchun Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan yangi maydon yaratildi

Iqtidorli yoshlarimiz endi o‘z ustida ishlash va xalqaro miqyosga chiqish uchun katta maydonga ega bo‘lishdi! Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari natijasida Toshkentda zamonaviy ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona va tadqiqot hududlarini o‘zida jamlagan «CCA Tashkent» markazi ishga tushdi.

Bu joy shunchaki ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan bino emas. Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek:

«Madaniyat uzoqdan tomosha qilinadigan hashamatli obida emas. U muloqot va izlanishlar orqali doimo yangilanib boradigan jonli jarayondir.»

Aynan yosh avlodning rivojlanishi, erkin fikr almashishi va jahon san’ati bilan integratsiyasi uchun qilinayotgan bu mehnat yoshlarimizga yangi marralarni zabt etishda kuchli turtki bo‘ladi.