Kasbiy ma’rifat soati: axborot xavfsizligi va raqamli gigiyena masalalari muhokama qilindi

Bugun vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda xodimlarning siyosiy, huquqiy va kasbiy bilim hamda malakalarini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔐 Tadbir davomida Elektron hukumat loyihalari va axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Fozil Teshayev tomonidan “Davlat xizmatida axborot xavfsizligi va etika, raqamli gigiyena va kiberxavfsizlik” mavzusida ma’ruza qilindi.

💻 Ma’ruzada davlat xizmatida axborot xavfsizligini ta’minlash, xizmat ma’lumotlari bilan ishlashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, raqamli muhitda xavfsiz xulq-atvorni shakllantirish hamda zamonaviy kiberxavflardan himoyalanishning muhim jihatlari haqida ma’lumot berildi.

🛡️ Shuningdek, raqamli gigiyena qoidalariga amal qilish, shaxsiy va xizmat hisoblarini himoyalash, kuchli parollardan foydalanish, shubhali havolalar va elektron xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish hamda kiberhujumlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🤝 Yakunda mavzu yuzasidan fikr almashilib, axborot xavfsizligini mustahkamlash, raqamli texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish va davlat xizmatida axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tavsiya va tushuntirishlar berildi.