- 06.10.2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy
Bugun vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari uchun navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi.
🎓 Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Sayyora Xolmirzayeva tomonidan “Davlat tilida ish yuritishning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza qilindi.
📚 Ma’ruza davomida davlat tilining rasmiy ish yuritishdagi o‘rni va ahamiyati, hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri va savodli rasmiylashtirish, xizmat yozishmalari hamda ish hujjatlarida adabiy til me’yorlariga rioya etish masalalari atroflicha yoritildi.

✍️ Shuningdek, rasmiy hujjatlarni tayyorlashda so‘z va iboralardan to‘g‘ri foydalanish, imlo va uslubiy me’yorlarga amal qilish, hujjatlarning mazmunan aniq, ixcham va tushunarli bo‘lishi yuzasidan muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi.
💡 Ma’ruzada davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirish, har bir xodimning davlat tiliga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, rasmiy hujjatlarda til me’yorlariga qat’iy rioya qilish zamonaviy boshqaruvning muhim talablaridan biri ekani ta’kidlandi.

💬 Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, davlat tilida ish yuritish amaliyoti, hujjatlarni rasmiylashtirish va nutq madaniyatiga oid masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
