Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi xodimlariga Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar xaqidagi davra suxbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi xodimlarini Prezidentimiz nutqida belgilangan ustuvor vazifalar va milliy dasturlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushunchalarini kengaytirishga qaratilgan davra suxbati tashkillashtirildi.

Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi xodimlariga Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy dasturlar hamda ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavzu doirasida xodimlarning bilimlarini mustahkamlash va o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni baholash maqsadida test savollari taqdim etilib, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.