- 17.10.2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy, Xalqaro
ishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Правда востока” gazetasining bugungi sonida “От медали «Agricola» — до Ташкентского коммюнике» sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
🇺🇿Maqolada O‘zbekistonning agrar sohada erishayotgan natijalari, Prezident Shavkat Mirziyoyevga FAOning “Agricola” medali topshirilishining ahamiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi haqida so‘z yuritilgan.
☘️ Shuningdek, maqolada paxtachilik va g‘allachilikda ilmiy yondashuvlarni joriy etish, suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish, hosildorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va eksport salohiyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan.
✅Unda Butunjahon paxta kuni hamda Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro forum yakunlari, Toshkent kommunikesi, Agroinnovatsion xab tashkil etish tashabbusi va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
