Til – millatning ruhi, xalqning o‘zligi va asrlar osha yashab kelayotgan bebaho ma’naviy merosidir

Ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va ehtiromni namoyon etish, uning jozibasi va boy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Til – millat ko‘zgusi” chellenjida ishtirok etdilar.

🇺🇿1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviy qadriyatlari va ona tilimizga bo‘lgan hurmatini ifoda etadi.

🇺🇿Zero, ona tilimiz – milliy o‘zligimiz, g‘ururimiz va ma’naviy boyligimiz timsolidir!