Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai.

2022 yilning 2-dekabr kuni Respublika qishloq xo‘jaligi ilmiy kutubxonasi va Toshkent Davlat Agrar Universiteti hamkorligida  Toshkent  viloyatidagi ayol-fermerlari hamda Agrar universitetida tahsil olayotgan magistrlari uchun Respublika qishloq xo‘jaligi ilmiy kutubxona binosida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treningda CACAARI va IKBA xalqaro tashkilotlarning xodimlari, Toshkent Davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sohasidagi agroinnovatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.