📜Ushbu kutubxona 1929 yil dekabr oyida tashkil etilgan bo’lib, o’shanda 7000 bosma nashriy fondga ega boʼlgan. Ilmiy kutubxona 1930 yildan beri qishloq xoʼjaligida ilm-fanining rivojlanishida va olimlarning soha yoʼnalishlarida ilmiy izlanishlar olib borishida yordam berib kelmoqda.
🗂 Ilmiy kutubxona markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot kutubxonalariga ilmiy metodik markaz hisoblanadi. Bugungi kunda ilmiy kutubxona kitobxonlarga masofadan xizmat koʼrsatishni samarali yoʼlga qoʼyish uchun ijtimoiy tarmoqda oʼzining virtual elektron kanalini ochdi.
🔰Tashkil etilgan tadbirda shu va shu kabi ma’lumotlar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ijrosida kuy qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir so’ngida kutubxonaning fidoiy xodimi Salima AZIMOVA kutubxona rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
