- 10.09.2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy
Yong‘inlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish hamda ishchi-xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 09.09.2026 yil “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida targ‘ibot-profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, ish joylarida yong‘in kelib chiqishining oldini olish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda sarosimaga tushmasdan, belgilangan tartib asosida harakat qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ayniqsa, elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga amal qilish, elektr tarmoqlarini ortiqcha yuklamaslik, nosoz yoki nazoratsiz jihozlardan foydalanmaslik, ish vaqti yakunida elektr qurilmalarining o‘chirilganini tekshirish kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga e’tibor qaratildi.
Darhaqiqat, yong‘in xavfsizligi faqat mutaxassislarning emas, har bir xodimning kundalik mas’uliyatidir. Oddiy ehtiyotkorlik, xavfsizlik qoidalariga amal qilish va loqayd bo‘lmaslik orqali ko‘plab ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish mumkin.
