«5 iyun – Butun jahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan tadbir

Butunjaxon atrof muxitni muxofaza qilish kuni xalqaro miqyosda nishonlanadigan ekologik sanalar orasida mazmuni, moxiyatiga ko‘ra o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Mazkur sananing ekologlar bayrami, deb atalishining o‘ziyoq uning ekologik taqvimdagi ekosanalarning asosiysi, muqaddimasi ekanligidan dalolat beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1972 yil 15 dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida 5 iyun Butun jahon Atrof muxitni muhofaza qilish kuni deb ta’sis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma Atrof-muxitmuxofazasi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Dasturi YuNEPga asos solingan. Shundan beri YuNEP rahbarligida har yili butun jahon bo‘ylab Atrof muxitni muhofaza qilish kuni keng nishonlanadi. Nega aynan 5 iyun sanasi tanlangan degan savol tug‘iladi, aynan shu sanada Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muxit masalalariga bag‘ishlangan konferensiyasi o‘z ishini boshlagan.

Stokgol’m konferensiyasi yakunlari yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyaga asosan ta’sis etilgan sana-yer yuzida istiqomat qiluvchi barcha insonlarni atrof muxitni muxofaza qilish bilan bog‘liq faoliyatga jalb etish, keng jamoatchilik ongi-tafakkurida tabiiy resurslarni asrash, ulardan oqilona foydalanish orqali tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish ma’suliyatini singdirishga qaratilgan.
YuNEP tomonidan har yili mazkur sanani keng jamoatchilikni jalb etgan xolda yuqori saviyada o‘tkazish uchun davra suxbatlari, seminar, ommaviy ekologik aksiyalar, xasharlar, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazib kelinadi. Bu yil xam Ekoxaftalik e’lon qilinib mamlakatimizning barcha xududlarida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Butunjaxon atrof muxitni muxofaza qilish kuni mazmun mohiyatiga ko‘ra, insoniyat oldida turgan keng ko‘lamli va chuqur ildiz otishga ulgurgan muammolarga yechim izlashga yo‘naltirilgan sana. Shuning uchun ham mazkur sanani faqatgina bir kun mobaynida nishonlash, uning maqsad va vazifalarini birgina5 iyunbilan chegaralash u qadar xam maqsadga muvofiq emas. Ehtimol shu sababdan ham O‘zbekistonda Butunjaxon atrof muhit kunini keng nishonlash an’anaga aylanib borayotgani, mazkur sanani munosib nishonlashga kun emas, haftalar belgilanayotganligi xech kimga sir emas.