- 03.02.2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy
Toshkent davlat agrar universitetida agrar va oziq-ovqat sohasi xodimlari, pedagoglar hamda yoshlarda insoniylik, axloq, ijodkorlik va tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan HECI konsepsiyasi asosidagi o‘quv qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir sohadagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda HECI yondashuvlarini ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Taqdimot doirasida vazirlik tizimidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasidan 50 nafarga yaqin trener-o‘qituvchilar uchun 4 kunlik maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida inson kapitalini shakllantirishda axloqiy tamoyillarning o‘rni, ijodiy va tanqidiy fikrlash, yangicha pedagogik yondashuvlar hamda tasavvur salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy agrar ta’lim talablariga mos ravishda insoniylikka asoslangan o‘quv-tarbiyaviy yondashuvlar namoyish etildi.
Qayd etilishicha, mazkur kurslarda tahsil olgan professor-o‘qituvchilar olgan bilim va ko‘nikmalarini agrar sohada tahsil olayotgan talabalarga tatbiq etishi rejalashtirilgan. Ushbu yondashuvlar agrar oliy ta’lim muassasalarida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi.
