G’azal mulkini sultoni kutubxonada

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. Nizomiddin — din-diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ amir demakdir.

Bobur (taxallusi) toʻliq ismi – Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U 1483-yil 14-fevral, 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan.

 

 

Temuriylar davridagi turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobi, O’zbek adabiyotining buyuk vakili Alisher Navoiy hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida tadbir bo`lib o`tdi. Barcha xodimlar qatnashdi.

Respublika ilmiy qishloq xo’jaligi kutubxonasida 2025 yil 10-fevral kuni ma’naviy – ma’rifiy ish rejasidagi Alisher Navoiy tavallud kunining 584 yilligi xamda Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag’ishlab kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.