IAU’da “Induction Week” tanishtiruv haftaligi boshlandi

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida (IAU) yangi qabul qilingan talabalar uchun “Induction Week” tanishtiruv haftaligi o‘z ishini boshladi.

 

Haftalik doirasida talabalar universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, xorijiy elchilar va xalqaro mehmonlar bilan uchrashdilar.

📚 Uchrashuvlarda universitetdagi ta’lim jarayoni, kampus hayoti, talabalarning huquq va majburiyatlari hamda mavjud akademik imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

🌍 Shuningdek, “Work and Travel” dasturi, xalqaro hamkorlik va talabalar uchun yaratilgan kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

🎓 Tanishtiruv haftaligi davomida yangi talabalar universitet hayoti va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishda davom etadilar.