- 18.09.2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy, Xalqaro
2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent davlat agrar universitetining majlislar zalida “Serbiya va Malayziya — yangi xalqaro bozorlar imkoniyatlari” mavzusida navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” tashkil etildi.
Unda Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi xodimlari ham ishtirok etib, “Yangi ochilayotgan xalqaro bozorlar: Serbiya va Malayziya misolida” mavzusidagi ma’ruzani tingladilar.
Tadbir davomida Serbiya va Malayziya bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar xodimlarning kasbiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro tajribadan xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
