Kutubxona faoliyati bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi qarori
- 18.06.2019
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy
10 iyun kuni ilmiy kutubxonamizda 2019 yil 7 iyunь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarori bo’yicha tadbir o’tkazildi. Tadbirda Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo’lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo’lishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy ma’daniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etish takomillashtirish ustuvor vazifalari haqida keng qamrovda so’z yuritildi.
