- 23.09.2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Mahalliy
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar hamda 7 ta milliy dastur mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaz mutaxassislari, olimlar, soha vakillari bilan bir qatorda Respublika ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, jumladan, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yashil hududlarni ko‘paytirish, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish, investitsiya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbatida yetakchi mutaxassislar tomonidan mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilar bilan fikr almashildi. Qizg‘in bahs-munozaralar davomida Prezident nutqida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
